📚2026-yil 17-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollarni e’zozlash oyligi” munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” mavzusida badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatimiz ustuni bo‘lgan onajonlarimizga ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. 🔰 Tadbir davomida: Onani, ayolning nafosati va matonatini madh etuvchi dilbar she’rlar yangradi; Hayotiy monologlar yig‘ilganlarning ko‘nglini larzaga soldi; Sho‘x kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdi. ✅Kutubxonamiz nafaqat bilim maskani, balki ma’naviyat va oqila ayollar jam bo‘ladigan fayzli dargohga aylandi. Zero, ayoli e’zozlangan yurtning kelajagi hamisha yorug‘dir!