Koʻchma_kutubxona

📚Mirzacho‘l tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Toshkent mahallasida joylashgan 6-maktab bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona kitob fondi yangilandi. 🔰Mazkur tashabbus o‘quvchilar va kitobxonlar uchun yangi adabiyotlar bilan tanishish, mutolaa doirasini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Kelgusida ham kitobxonlarga qulay sharoit yaratish, kitob fondini boyitish va ko‘chma kutubxona xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.