📚2026-yil 18-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan 1-sonli texnikum axborot-resurs markaziga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔰Tashrif davomida kutubxona faoliyati o‘rganildi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam berildi: - Kutubxona fondining hisobini yuritish va inventarizatsiya ishlarini tashkil etish; - KBK asosida adabiyotlarni to‘g‘ri joylashtirish va kataloglashtirish bo‘yicha tavsiyalar; - Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash; - Kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.