Zakovat

📚2026-yil 19- fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. 🔰Bellashuv davomida ishtirokchilar adabiyot, tarix, ona tili, geografiya va umumiy bilimlarga oid savollarga javob berishdi. Har bir jamoa o‘zining topqirligi, tezkorligi va hamjihatligi bilan faol qatnashdi. Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o‘tgan o‘yin yoshlar uchun unutilmas taassurot qoldirdi. ✅Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar va g‘oliblar kutubxona ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.