📚2026-yil 19-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Gulzor" mahallasida joylashgan 19-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondini yangilash ishlari amalga oshirildi. 🔰Mazkur jarayon doirasida ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Jumladan, o'zbek va jahon adabiyotlari, hamda bolalar adabiyotlari kiritildi. Ushbu yangilanish o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. ✅Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida bu kabi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.