#Koʻrgazma

📚 Joriy yilning 20-fevral kuni  "Toshkent" mahallasida joylashgan 6-maktabda Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon yoshlar yurtimiz kelajagi" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅ Mazkur ko‘rgazma o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa orqali ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirish maqsadida o‘tkazildi. ✅ Shuningdek, tadbir davomida “Direktor sovrini” loyihasining nizomi, ishtirok etish tartibi va baholash mezonlari haqida ma'lumotlar o'quvchilarga tanishtirildi.