Taqdimot

📚 2026-yil 20- fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida taniqli shoira va adiba, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mehribon Abdurahmonova ishtirokida, xodimlar va yosh kitobxonlar bilan yozuvchining qalamiga mansub "Mirzacho‘lnoma" asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tashkil etilgan dildan suhbatda kitobxonlikning muhim ahamiyati va badiiy ijodning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z bordi. ✅​"Mirzacho‘lnoma" asari bugungi kunda ushbu hududning badiiy yilnomasi sifatida o‘zgacha qadru qimmatga ega. Muallif o‘z asarida Mirzacho‘lning shonli tarixi, bu tuproqni bo‘stonga aylantirgan zahmatkash insonlar taqdiri va bugungi yangilanayotgan tuman qiyofasini mahorat bilan qalamga olgan. 📖Uchrashuv davomida Mehribon Abdurahmonova asarining yozilish jarayoni va undagi hayotiy voqealar haqida so‘zlab berarkan, har bir satrda shu o‘lkaga bo‘lgan cheksiz muhabbat muhrlanganini ta’kidladi.