📚2026-yil 20- fevral kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda “Ma’rifatparvar ajdodlar” rukni ostida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbirda yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirlar, xususan, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalarning ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr almashildi. ✅Ishtirokchilar ajdodlarimizning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib, ularning ibratli faoliyati bugungi yoshlar uchun chinakam namuna ekanligi takidlandi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar, fikr-mulohazalar bilan boy o‘tdi. Tadbir yakunida yoshlar ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish va uni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanini yana bir bor his etdilar.