Davra_suhbati

📚 Joriy yilning 23-fevral kuni Yangidala mahallasida joylashgan 8-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jadidlar – millat ma’rifati va uyg‘onish timsoli” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ✅ Tadbir davomida o‘quvchilarga jadidlarning millat ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, jadid namoyandalarining hayoti va ijodiga oid kitoblar, asarlar yuzasidan qiziqarli suhbatlar olib borildi. Davra suhbatida o‘quvchilar jadidlarning Vatan, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javob jarayonida faol ishtirok etdilar.