Koʻchma_kutubxona

📚2026-yil 23-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasi hududida joylashgan “Sihat-salomatlik Farm” MChJga qarashli Qodirov Abdug‘affor Sattorovichning shaxsiy kutubxonasiga tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilanib, yoshlar ishtirokida sayyor tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbat o‘tkazilib, yoshlar uchun badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilindi. Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirib, kitobxonlik madaniyati yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. ✅Bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni mutolaaga keng jalb etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.