📚2026-yil 24-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Kitobxon ona – kitobxon bola” rukni ostida “Ona mehri va kitob tarbiyasi” mavzusida tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, ona mehri – cheksiz mehr-muhabbat va fidoyilik timsoli ekanini, kitob esa farzand qalbini yuksak fazilatlar bilan boyituvchi eng muhim tarbiya vositasi ekanini alohida ta’kidladilar. Ishtirokchi onalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, farzandlarni kichik yoshdan kitobga oshno etish, ular bilan birgalikda mutolaa qilishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. ✅Mazkur tadbir oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzand tarbiyasida kitobning beqiyos ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.