📚2026-yil 25-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-son umumta’lim maktabida 35 yillik mehnat stajiga ega tajribali pedagog Dadaboyeva Hilola ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. 🔰Tadbirda ustoz o‘zining pedagogik faoliyati, erishgan yutuqlari hamda o‘quvchilar tarbiyasidagi tajribalari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik, kitobxonlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash muhim vazifa ekanini ta’kidladi. ✅Uchrashuvda axborot-kutubxona markazi xodimlari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir mazmunli va samimiy ruhda o‘tdi.