Koʻchma_kutubxona

📚2026-yil 26- fevral kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi bilan jamoaviy ko‘chma kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 🔰Mazkur shartnoma sud xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning huquqiy savodxonligi hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida tuzildi. ✅Jamoaviy ko‘chma kutubxona orqali sud binosida doimiy ravishda badiiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar yetkazib beriladi. Xodimlar o‘z qiziqishlariga ko‘ra kitoblarni tanlab o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus jamoada o‘qish madaniyatini mustahkamlash, ma’naviy muhitni yanada boyitishga xizmat qiladi.