📚2026-yil 26-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ertaklar – bolalikning sehrli olami” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarni ertaklar olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida o‘zbek xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅O‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan ertaklari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar, qahramonlar xatti-harakatlarini tahlil qildilar. Tadbir savol-javoblar va qiziqarli o‘yinlar bilan yanada boyitildi. Davra suhbati yakunida kitob o‘qishning ahamiyati, ertaklarning bolalar qalbida ezgulik va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.