Mirzacho‘lda payshanba — "Yoshlar kuni": Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilanganligi munosabati bilan, bugun Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida o‘zgacha muhit hukm surdi. Markazda faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar hamda kitobsevar yoshlar ishtirokida 26-fevral kuni "Kitob — kelajak poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📌 Tadbir davomida: Yosh mutaxassislar o‘z ish tajribalari va zamonaviy kutubxonachilik sirlari bilan o‘rtoqlashdilar; Kitobxon yoshlar mutolaa madaniyati va intellektual salohiyatni oshirish masalalarini muhokama qildilar; Maqsadimiz bitta — kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali ma’naviyati boy, intellektual salohiyatli yoshlar safini kengaytirish!