📚2026-yil 27-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” mavzusida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. 🔰Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, aholi farovonligini yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-madaniyat sohalaridagi yangilanishlar atroflicha muhokama qilindi. ✅Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyilining mazmun-mohiyati va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.