📚2026-yil 27-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, sevimli shoira 🔰Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun “Zulfiya ijodi – qalblar tarbiyachisi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada shoira hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, uning she’riy to‘plamlari hamda hayot yo‘li aks etgan suratlar o‘rin oldi. ✅Shoiraning sermazmun ijodi yosh avlod qalbida vatanparvarlik, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Kitobxonlar tomonidan Zulfiya she’rlaridan namunalar o‘qildi, uning ijodi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.