Mahorat_darsi

📚2026-yil 27-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan "Kutubxona — uchinchi maskan" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. ​Mahorat darsining asosiy maqsadi — kutubxona xodimlarining malakasini oshirish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Mashg‘ulot davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi: — ​Muloqot madaniyati: Kitobxonlar bilan ishlashda xushmuomalalik va professional yondashuv; — ​Hujjatlar bilan ishlash: Ko‘chma kutubxona kundaligini yuritishning qat’iy qoidalari; — ​Ishni tashkil etish: Abonement xizmati faoliyatini zamon talablari asosida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. — ​Tadbir yakunida xodimlar o‘zaro tajriba almashib, soha rivojiga doir yangi takliflarni o‘rtaga tashladilar.