#Targʻibot 📚3-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "O‘zbekiston" QFY faollari va mahalla ahli uchun navbatdagi kitob targ‘iboti tadbirini o‘tkazdi. Kutubxona mutaxassisi yig‘ilganlarga yangi nashrdan chiqqan badiiy asarlar va ommabop kitoblarni shaxsan tanishtirdi. Mahalla faollari va nuroniylar kitoblarni ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlari bilan tanishdilar. Tadbirdan maqsad kitobxonlikni har bir xonadonga olib kirish va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat boʻldi. "Mahalla — ma’rifat maskani" g‘oyasi ostida o‘tgan ushbu uchrashuvda aholining kitobga bo‘lgan mehri yana bir bor namoyon bo‘ldi.