Kitob – ma’naviyat manbai! 2026-yil 4- mart kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Toshkent” mahallasi hududida joylashgan 6-maktab bilan hamkorlikda navbatdagi ko‘chma kutubxona almashinuvi sayyor tadbir tarzida oʻtkazildi. -- Mazkur sayyor tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. -- Tadbir davomida o‘quvchilarga badiiy adabiyotlar taqdim etildi, kitob hamda mutolaa bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni tanlab, kutubxona fondidan vaqtincha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. -- Bunday ko‘chma kutubxona tadbirlari yosh avlodning bilim va tafakkurini boyitish, kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qilmoqda.