📚2026-yil 5-mart kuni tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ipak yo'li" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔰Mazkur targ‘ibot tadbirining asosiy maqsadi mahalla aholisini mutolaa madaniyatini oshirish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Targʻibot davomida ishtirokchilarga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlar, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Shuningdek, kutubxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, a’zolik tartibi hamda ko‘chma kutubxona imkoniyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.