📚2026-yil 5-mart kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” mahallasida faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi va kitoblar yangilandi. 🔰Shuningdek, kitobxonlarning fikr-mulohazalarini eshitish hamda ularning talab va takliflarini o‘rganish maqsadida sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitob va kutubxona faoliyati yuzasidan o‘z shaxsiy fikrlarini bildirib, kelgusida fondni yanada boyitish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritdilar. ✅Mazkur tadbir kitobxonlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.