📚2026- yil 5- mart kuni Mirzacho‘l tumanida o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda yosh iste’dod egalari o‘zlarining sahna mahorati, ijodkorligi va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. ✅Tanlov jarayonida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, tadbir doirasida mazmunli kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdilar. Ko‘rgazmada teatr san’ati, milliy qadriyatlar, adabiyot va ijodkorlikka oid adabiyotlar namoyish etilib, yoshlar va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.