📚2026-yil 10-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xoxdimlari tomonidan "Gulzor" mahallasida joylashgan 19-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. 🔰Mazkur jarayon doirasida “Yoshlarning fikri va tashabbuslari – kelajak poydevori” mavzusida sayyor tadbir tashkil etildi. ✅Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi keltirilgan badiiy adabiyotlar tanishtirildi. Shuningdek, sayyor tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, kitobxonlikni rivojlantirish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish hamda yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. 📖Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning erkin fikr bildirish madaniyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflarini o‘rganish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.