Joriy yilning 10-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot- kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan soha vakillariga: 📚Yangi nashr etilgan badiiy va sohaviy adabiyotlar; 💿Elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari; ✅Mutolaaning inson intellektual salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📖"Maqsadimiz — davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdir." 📌Uchrashuv yakunida bo‘lim xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishdilar va kutubxona a’zoligiga taklif etildilar.