📚2026-yil 11-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 14-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Tarix saboqlari – kelajak uchun ibrat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida 1937–1938-yillarda yuz bergan siyosiy qatag‘on davri haqida ma’lumot berildi. Bu davrda ko‘plab begunoh insonlar jabr ko‘rganligi, ularning xotirasini hurmat qilish va tarixni unutmaslik muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, o‘tmish saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarurligi haqida so‘z yuritildi. ✅Tadbir qiziqarli suhbat tarzida o‘tkazildi va unda 22 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi.