Joriy yilning 11- mart kuni Mirzacho‘l tuman 2-son texnikumida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqtirish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📖Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin oldi. 🔰Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga kitoblarning mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilib, mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. ✅Mazkur ko‘rgazma yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam mutolaa qilishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.