📚2026-yil 11-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak yo'li" mahallasi hududida joylashgan 4-maktab kutubxonasida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilanib, sayyor tadbir tashkil etildi. 🔰Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. ✅Ko‘chma kutubxona orqali turli yo‘nalishdagi adabiyotlar yosh kitobxonlarga yanada yaqinlashtirilib, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.