#Payshanba_Yoshlar_kuni 📚Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida har haftaning payshanba kuni vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilandi. Shu munosabat bilan 2026-yilning 12- mart kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida xodimlar va kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan jaholat va befarqlikka qarshi kurashishda ilm-fan, kitob va ma’rifatning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. ✅Yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitob o‘qishning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar.