Joriy yilning 12- mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho'l tuman 2-son texnikumida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi muntazam ravishda boyitib borilmoqda. 🔰Navbatdagi tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona uchun ajratilgan adabiyotlar yangilanib, o‘quvchi-yoshlar uchun yangi badiiy, ilmiy-ommabop hamda o‘quv qo‘llanmalar yetkazib berildi. ✅Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Texnikum o‘quvchilari yangi keltirilgan kitoblar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.