Yurt obodligi — mahalladan, ma’naviyat maskanidan boshlanadi! ♻️ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan yurtimizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, bugun 13-mart kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi ham ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etmoqda. ✨ Amalga oshirilgan ishlar: -Kutubxona binosining ichki qismi, mutolaa zallari va kitob fondlari tartibga keltirildi; -Kitob javonlari va axborot resurslari changlardan tozalandi; -Xodimlarimiz uchun shinam va ozoda ish muhiti yaratildi. Hashar — xalqimizga xos ahillik va hamjihatlik ramzidir. Zero, kitobxonlarimiz uchun shinam va ozoda maskan yaratish bizning bosh maqsadimiz!