Targ'ibot

Joriy yilning 13- mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ipak yo‘li” mahallasi 4- maktabida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari olib borildi. 🔰Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim olish va dunyoqarashni kengaytirishda kitobning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan yangi kitoblar haqida ma’lumotlar berilib, o‘quvchilarni muntazam ravishda kitob mutolaasi qilishga chaqirildi. ✅Mazkur targ‘ibot ishlari o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni ma’naviy jihatdan boy va bilimli avlod bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.