📚2026-yil 13-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar va kitobxonlar ishtirokida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida quyidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi: 🔰“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: Islohotlarning mazmun-mohiyati va xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar. ✅Siyosiy maydon: Yurtimiz va xalqaro maydondagi so‘nggi muhim o‘zgarishlar sharhi. Ish yurituv: Markazga oxirgi hafta davomida kelib tushgan xatlar, buyruqlar va yuqori tashkilotlar topshiriqlari bilan xodimlar tanishtirildi. ✅Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ma’naviyat va bilim uyg‘unligi kutubxona faoliyatining bosh mezoni bo‘lib qoladi.