Davra suhbati

Joriy yilning 16-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab yosh kitobxonlari ishtirokida o‘zbek ma’rifatparvari va shoir Is'hoqxon Ibrat tavalludining 165 yilligi munosabati bilan "Is'hoqxon Ibrat- ma'rifat va ilm targ'ibotchisi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida o‘quvchilarga Is’hoqxon Ibratning hayoti, ijodi va uning xalq ma’rifatini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, adibning ilm-fan, til va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi. Davra suhbatida yosh kitobxonlar Is’hoqxon Ibratning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, uning asarlarida ilm olishga, dunyoqarashni kengaytirishga chaqiriqlar aks etgani haqida fikr almashdilar. ✅Kutubxona xodimlari tomonidan adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ham tavsiya etildi. Mazkur tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda ma’rifatparvar ajdodlarimiz me'rosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.