Ko'rgazma

Joriy yilning 16- mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi yoshlarini kitobxonlikka keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida "Kitob - ma'naviyat va bilim manbai" mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari, yoshlar tarbiyasiga oid adabiyotlar, tarixiy hamda badiiy kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida yoshlar kitoblarning mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar haqida kutubxona xodimlaridan batafsil ma’lumotlar oldilar. ✅Mazkur ko‘rgazma yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.