📚2026-yil 17-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Jadidlar izidan” nomli kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Viktorina” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodiga oid qiziqarli savollarga javob berishdi, uning she’rlari mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashishdi. Viktorina savollari orqali kitobxonlarning bilim darajasi sinovdan o‘tkazilidi. ✅Mazkur tadbir yoshlarni milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Abdulla Oripov ijodini keng targ‘ib qilish hamda ularning bilim va tafakkurini boyitishga xizmat qildi.