#Kitobxon_onalar_kuni 📚Joriy yilning 17- mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxon onalar kuniga bag‘ishlab "Mustaqillik" mahallasida ochiq osmon ostida “Kitobxon ona – farzandiga eng buyuk ibrat” mavzusida badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. 🔰Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – oilada kitobxonlik muhitini mustahkamlash, onalarning farzand tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish hamda yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida faol kitobxon onalar e’zozlanib, ularning hayotiy tajribasi va farzand tarbiyasidagi ibratli jihatlari haqida suhbatlar olib borildi. Shuningdek, onaxonlar oʻzlari yoqtirgan she'rlaridan namunalar oʻqidilar. ✅Badiiy kecha doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda oila, tarbiya, ma’naviyat va onalik mavzusiga oid adabiyotlar keng namoyish etildi. Ishtirokchilar ushbu asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.