📚Joriy yilning 17- mart kuni Mirzachoʻl tumanida umumxalq sayli ruhida Navroʻz bayrami keng nishonlandi. Ushbu fayzli va qadimiy bayram munosabati bilan tuman aholisi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, milliy o‘yinlar va konsert dasturlari tashkil etildi. 🔰Bayram tantanalari doirasida Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, "Navroʻz- yangilanish va ma'naviyat bayrami" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etdilar. ✅Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, Navroʻzning tarixi va uning mazmun-mohiyatini yorituvchi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.