Ko'rgazmasi

📚2026-yil 19-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida O'zbeiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “O‘zbek she’riyatining zabardast vakili” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazmada shoirning boy ijodiy merosi, Vatan, muhabbat va insoniylikni ulug‘lovchi asarlari, shuningdek, turli yillarda nashr etilgan kitoblari hamda hayoti va ijodiga oid materiallar namoyish etildi. ✅Tadbir davomida kitobxonlarga shoir ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilib o'tidi. Ko‘rgazma she’riyatga qiziqishni oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.