Fotogalereya

Joriy yilning 24-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi yoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar kutubxonadagi fotogalareya bilan yaqindan tanishtirildi. 🔰Fotogalareya kutubxona faoliyati, unda o‘tkazilgan tadbirlar hamda erishilgan yutuqlarni keng yoritib beradi. Mazkur fotogalareyada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, uchrashuvlar va ko‘rgazmalardan olingan suratlar jamlangan. ✅ Bunday tadbirlar yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol va bilimli bo‘lishga undashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.