Axborot xavfsizligi

💻2026-yil 25-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida axborot xavfsizligini ta’minlash va mavjud texnik vositalarning barqaror ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida keng qamrovli texnik va dasturiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, markazda foydalanilayotgan kompyuter qurilmalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ichki va tashqi holati tekshirildi, zarur hollarda tozalash va sozlash ishlari bajarildi. 🔰Shu bilan birga, kompyuterlarga o‘rnatilgan operatsion tizimlar va dasturiy ta’minot yangilanib, antivirus dasturlari o‘rnatildi hamda mavjudlari yangilandi. Axborot xavfsizligini mustahkamlash maqsadida zararli dasturlarni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borildi, foydalanuvchi ma’lumotlarining himoyasi kuchaytirildi. ✅Bundan tashqari, internet tarmog‘ining ishlash holati alohida nazoratdan o‘tkazilib, ulanish tezligi va barqarorligi tekshirildi.