Koʻchma kutubxona

2026-yil 25-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasi hududida joylashgan “Sihat Salomatlik FARM” MCHJga qarashli “Namunaviy ko‘chma kutubxona” adabiyotlari foydalanuvchilarning talab va istaklari asosida yangilandi. 🔰Shuningdek, ko‘chma kutubxona foydalanuvchilari ishtirokida navbatdagi sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida “Kitobxon ona – kitobxon bola” rukni ostida davra suhbati o‘tkazilib, unda kitob mutolaasining oila tarbiyasidagi o‘rni, yosh avlodni kitobga oshno etish hamda ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalalari xususida fikr almshildi. ✅Bu kabi tadbirlar ishtirokchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini mustahkamlashga xizmat qiladi