Koʻchma kutubxona

Joriy yilning 26-mart kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudiga tashkil etilgan koʻchma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 🔰Mazkur yangilash jarayonida kitobxonlar ehtiyojidan kelib chiqib, badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy hamda tarbiyaviy аhamiyatga ega bo‘lgan yangi adabiyotlar bilan kutubxona fondi boyitildi. Ko‘chma kutubxona faoliyati kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholi va tashkilot xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda. ✅Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.