Joriy yilning 26-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Do‘stlik" mahallasi yoshlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnoma yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, mutolaa madaniyati hamda ularning ma’naviy ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. 🔰So‘rovnoma davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan munosabati, qiziqish doiralari va takliflari o‘rganildi. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.