Yoshlar kuni

Joriy yilning 26-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda xodimlarga Yurtboshimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan, ta’lim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z iqtidorini namoyon etish borasidagi shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, ularning mazmun-mohiyati hamda bu imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.