Ko'rgazma

2026-yil 27-mart kuni Mirzacho‘l tumanida bahorning yangilanishi va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan “Ipak yo‘li” mahallasida “Yangi kun nafasi – Navro‘z” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etib, mazmunli kitob ko‘rgazmalari bilan qatnashdilar. 🔰Ko‘rgazmada Navro‘z bayramining tarixi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi adabiyotlar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga bayramning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berilib, kitobxonlikni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.