Siyosiy - ma'tifat soati

📚Joriy yilning 27-mart kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. Mazkur tadbir xodimlarning siyosiy, huquqiy hamda ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi. 🔰Siyosiy-ma’rifat soati davomida bugungi kunda davlat xizmatchilaridan talab etilayotgan yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoyilik va halollik kabi fazilatlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. ✅Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning bilim va tafakkurini oshirish, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.