Joriy yilning 30-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Axborot-kutubxona fondini shakllantirishning usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda kutubxona xodimlariga masʼullar tomonidan fondni boyitish, yangi kitoblarni tanlash hamda ularni to‘g‘ri joylashtirish haqida sodda va tushunarli ma’lumotlar berildi. 🔰Tadbir davomida kutubxona xodimlari bilan birgalikda kitobxonlar qiziqishiga mos adabiyotlarni tanlash, fondni yangilab borish va samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.