Ko'rgazma

📚Joriy yilning 30-mart kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikumi talabalari uchun “Kitob – tafakkur va ma’naviyat manbai” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅Mazkur ko‘rgazmadan maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida talabalarga turli mavzulardagi yangi va qiziqarli adabiyotlar tavsiya etilib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. 🔰Tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga, ularni mutolaa orqali bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.