Bibliografik sharh

2026-yil 31-mart kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida yangi kelib tushgan adabiyotlarning bibliografik sharhi, kutubxona xodimlari hamda kitobxonlar ishtirokida o‘tkazildi. 🔰Sharh davomida turli yo‘nalishdagi yangi badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari haqida maʼlumot berildi. Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning mazmuni, mualliflari va ahamiyati haqida ma'lumotlar ulashildi. ✅Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir kitobxonlarda mutolaa madaniyatini oshirish va kitoblarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.